21 may 20:47
Yangiliklar
Tennis

Sanjar Fayziev "Shymkent II Challenger 80" turniri juftlik bahslarida bosh sovrinni qo'lga kiritdi
Bugun Qozog'istonning CHimkent shahrida o'tkazilgan "CHellenjer" tasnifiga kiruvchi turnir yakunlandi.
Quvonarlisi, turnirning yakkalik bahslarida chempionga aylangan Sergey Fominning ortidan yana bir tennischimiz Sanjar Fayziev ham musobaqani muvaffaqiyatli yakunladi.
Turnirning juftlik bahslarida greciyalik Markos Kalovelonis bilan tandem hosil qilgan holda ishtirok etgan Sanjar Fayziev bugun final uchrashuvida yaponiyalik Utida Kaiti va Mixael Torpegaard juftligiga qarshi kortga chiqdi.
1 soatu 37 daqiqa davom etgan uchrashuvda Fayziev/Kalovelonis juftligi raqiblarini 6/7, 6/4, 10/4 hisobida mag'lub etib, turnirning bosh sovrinini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar