24 mar 17:01
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/157727_220.jpg)
Sanjar Fayziev Turkiyadagi musobaqani g'alaba bilan boshladi
Turkiyaning Antalya shahrida ITF tasnifiga kiruvchi turnir o'tkazilmoqda.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Sanjar Fayziev ham ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
Bugun Fayziev turnirning 1/16 final bosqichi doirasida turkiyalik Ilhan Marselga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 40 daqiqa davom etgan uchrashuvda Fayziev raqibini 6/4, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratib 1/8 final bosqichiga yo'l oldi.
SHuningdek, bugun Sanjar jufliklarda ham o'yin o'tkazadi. Gruziyalik Markos Kalovelonis bilan tandem hosil qilgan Fayziev Vladislav Tasenko va vengriyalik Peter Makk juftligiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar