12 okt 14:53
Yangiliklar
Tennis

Sanjar Fayzievdan "kambek", u chorak finalda!
Tennis bo'yicha Toshkentda bo'lib o'tayotgan "CHellenjer" turnirida yana bir sportchimiz chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Birinchi bosqichda sensacion tarzda o'zidan 377 pog'ona yuqorida turgan Evgeniy Donskoyni mag'lub etgan tennischimiz bugun ham o'z shijoatini namoyish eta oldi.
Fayziev bugun o'tkazilgan ikkinchi bosqich uchrashuvida Aleksandr Needovesovga qarshi kortga chiqdi. Dunyo reytingida 204-pog'onadan joy olgan qozog'istonlik tennischiga qarshi ,bahsda sportchimiz mag'lubiyatga uchrayotgan holda g'alabani o'z tomoniga og'dira oldi.
Sanjar Fayziev - Aleksandr Needovesov 2:1 (0:6, 7:6, 6:3)
Fayziev navbatdagi bosqichda rossiyalik Konstantin Kravchukka qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar