17 okt 09:40
Yangiliklar
Futbol

Sanjar Tursunov: “Jamoada hamon moliyaviy tanglik hukmron”
Poltavaning “Vorskla” klubi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov jamoasida hamon moliyaviy tanglik saqlanib qolayotganini malum qildi.
Hamyurtimiz to'p tepayotgan “Vorskla” klubi futbolchilari 8 oydan beri maosh olishmayapti. Bu malumotni Tursunovdan tashqari klub xo'jayini Konstantin Jevago ham tasdiqlagan.
“Jamoamizda hech qanday ijobiy o'zgarish yo'q. Avval qanday bo'lsa, hozir ham shundayligicha qolmoqda. Klubga yangi xo'jayin kelgan paytda endi o'zgarish bo'ladi, deb o'ylagandik. Men-ku avgust oyida keldim, bolalar yil boshidan beri o'ynashyapti. Mayli, kutaylikchi, o'zgarish bo'lib qolar”, - dedi 29 yoshli Tursunov.
Havola :
Fikrlar