28 okt 15:35
Yangiliklar
Tennis
Sankt-Peterburg. Andrey Rublyov chorak finalga chiqdi
Jahonning oltinchi raketkasi, rossiyalik tennischi Andrey Rublyov Sankt-Peterburg Ochiq chempionatining ikkinchi davrasida ATP reytingida 46-o'rinni egallab turgan belaruslik Ilya Ivashkoga qarshi kortga chiqdi.
1 soatu 30 daqiqa davom etgan uchrashuvda Andrey raqibini 6/4, 6/4 hisobida mag'lub etdi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisobni rossiyalik tennischi 2:0 ga oshirdi.
Sankt-Peterburgdagi turnirning chorak finalida Rublyov amerikalik Sebastyan Korda yoki gollandiyalik Botik van de Sandshulp bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : Gotennis.ru
Fikrlar