17 fev 10:23
Yangiliklar
Futbol

Sardor Rashidov jamoasining uchinchi to'purari bo'lib oldi
Xabar berganimizdek, kecha terma jamoamiz azosi Sardor Rashidovning Portugaliya chempionatida xet-trik qayd etgandi.
Rashidov o'ziga xos xet-trikka erishdi. Sardor o'ng va chap oyog'i, shuningdek, boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi.
SHu orqali hamyurtimiz jamoasining to'purarlari ro'yxatida uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Undan oldinda faqatgina Brayan Roxes (8 gol) va Joao Kamacho (5 gol) bor.
"Nasonal"ning navbatdagi o'yini 24 fevral kuni "Santa-Klara" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 19:30da start oladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar