18 jan 17:35
Yangiliklar
![](/upload/storage/26943_220.jpg)
Sardor Rashidov yana jamoasini o'zgartiradi
Norasmiy malumotlarga ko'ra, unga Saudiya va Qatar klublari taklif bilan chiqqan.
Rashidov
Qatar Yulduzlar Ligasidagi faoliyatidan keyin Amirlik chempionatiga kelib
qo'shilgandi. Avvalroq Osiyoning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi Umar
Abdulrahmon Rashidovni “Al-Ayn” safiga chorladi. Biroq futbolchining o'zi
“Al-Jazira”ni afzal bildi.
Ammo Rashidov o'zining orzusi bo'lgan
klublar o'rtasidagi Jahon CHempionatining birorta o'yinida maydonga
tushirilmadi. U “Al-Jazira”ning to'laqonli asosiy futbolchisiga aylana
olmadi.
Futbolchiga aynan qaysi klublar qiziqish bildirayotgani
borasida malumot yo'q. “Al-Ayn” yaqindagina Ahmad Halilni o'z safiga qo'shib
olgani hisobga olinsa, Rashidov endilikda bu klubga kerak bo'ladimi yoki
yo'q - aytish qiyin. SHuningdek, uning “Al-Jazira” bilan shartnomasi qay
tariqa bekor bo'lishi borasida ham aniq malumotlar yo'q.
BAA
chempionatida Rashidovdan tashqari Otabek SHukurov, Aziz Haydarov va Igor
Sergeev kabi futbolchilar ham to'p suradi. Ularda hozircha hammasi joyida.
Fikrlar