So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

01 iyu 21:34
Yangiliklar

Boshqalar

Sariq va yashil hududlarga sport qaytmoqda

Teglar :  Sport vazirligi
Yurtimizga koronavirus pandemiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo'yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 29 maydagi qaroriga asosan 2020 yil 1 iyundan sariq va yashil hududlarda sport sekciyalari, to'garaklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyatiga ruxsat berildi.

SHuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan futbol bo'yicha xalqaro va ichki musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rish hamda ularda qatnashish maqsadida, professional futbol klublariga o'quv-mashg'ulotlarni sanitariya qoidalari va gigiena talablariga muvofiq holda boshlashga, 2020 yil 5 iyundan esa O'zbekiston professional futbol ligasi musobaqalarini davom ettirishga ruxsat berildi. Albatta, futbol o'yinlari tomoshabinlar ishtirokisiz o'tkaziladi.

Guvohi bo'lganingizdek, karantin qoidalari asta-sekin yumshamoqda. Bu esa nihoyat sport mashg'ulotlarini o'tkazish imkoniyati paydo bo'layotganini anglatadi.

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan onlayn videokonferenciya Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko'ra «sariq» va «yashil» hududlarda sport mashg'ulotlarini tashkil etish va o'tkazish masalalariga bag'ishlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati tomonidan o'tkazilgan onlayn videokonferenciyada vazirning tegishli buyrug'iga muvofiq karantin davrida faoliyati yo'lga qo'yiladigan sport sekciyalari, to'garaklari, sport zallari va fitnes klublarining faoliyatini tashkil etish bo'yicha vaqtinchalik talablar o'qib eshittirildi.

Buyruqqa muvofiq, uch kun muddatda amaldagi karantin qoidalariga qatiy rioya qilgan holda «sariq» va «yashil» hududlarda joylashgan sport sekciyalari, to'garaklari, sport zallari va fitnes klublari faoliyati yo'lga qo'yiladi.

Qolaversa, sport inshootlari (shu jumladan, ochiq maydonlar)ga kirish-chiqish joylarida fuqarolarning tana haroratini pirometrlarda o'lchash, 37°S va undan yuqori tana harorati bo'lgan fuqarolarni sport inshootlariga kiritmaslik va bu haqida sog'liqni saqlash bo'limlariga xabar berish, sport tadbirlari hamda badantarbiya mashg'ulotlarini soat 0730 dan 1830 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida tashkil etishga qatiy amal qilinadi.

SHuningdek, sport tadbirlarini o'tkazishda suzish havzalaridan aslo foydalanmaslik hamda sport talim muassasalari faoliyatini yo'lga qo'ymaslik ko'zda tutilgan.

Har bir sport inshootida muntazam ravishda dezinfekciya ishlari amalga oshirilib, sport tadbirlari va badantarbiya mashg'ulotlarini hududlarda o'tkazish bo'yicha mahalliy hokimliklar, hududiy sog'liqni saqlash va ichki ishlar boshqarmalari bilan kelishish, mahallalarga biriktirilgan trenerlar tomonidan reja asosida masofani saqlagan holda mahalliy aholi bilan badantarbiya mashg'ulotlari o'tkazilishi belgilangan. Bunda sport tadbirlari va badantarbiya mashg'ulotlari davomida mahalliy aholini bir joyda to'planmaslik choralari ko'riladi.

O'z navbatida, sport tadbirlari va badantarbiya mashg'ulotlarining faol ishtirokchilari hamda g'olib va sovrindorlarni rag'batlantirib borish ham ko'zda tutilgan.

Faqat, aholidan talab qilinadigani, berilgan imkoniyatdan samarali foydalangan holda karantin qoidalariga qatiy amal qilish. Unutmang, karantin qoidalarining yumshatilayotgani – karantin bekor bo'lganligini anglatmaydi.

O'zingiz va o'zgalar salomatligini asrang!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing