26 jan 14:22
Yangiliklar

Sarvinoz 11th Chennai Open turnirida ishtirok etdi
11th Chennai Open International Grandmaster Chess Tournament 2019 turnirida 17 davlatdan shaxmatchilar ishtirok etishdi. Ular orasida 20 xalqaro grossmeyster, 3 nafar ayollar grossmeysteri, 28 xalqaro masterlarning borligi musobaqa nufuzini oshirdi.
CHennay turnirida yurtimiz sharafini yagona vakilamiz Sarvinoz Qurbonboeva himoya qildi. Xalqaro ayol grossmeyster unvoniga ega bo'lgan vakilamiz kecha o'tkazilgan so'nggi 10-turda oq donalarda hindistonlik Prakash Genishni mag'lubiyatga uchratdi.
O'n imkoniyatdan 6 ochko jamg'argan Sarvinoz Qurbonboeva yakunda qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 53-pog'onadan joy oldi. Turnirda ikkinchi raqam ostida saralangan gruziyalik xalqaro grossmeyster Levan Panculaya 8,5 ochko bilan 11th Chennai Open g'olibiga aylandi.
Grossmeysterlar - rossiyalik Ivan Popov, belaruslik Aleksey Aleksandrov, gruziyalik Luka Paychadze, indoneziyalik Susanto Megaranto hamda yana bir rus shaxmatchisi Ivan Rozum 8tadan ochko jamg'arib, keyingi o'rinlarni band etishdi.
Fikrlar