31 avg 09:50
Yangiliklar

“Sassuolo” – “Peskara”. Raguza sabab mezbonlarga texnik mag'lubiyat yozildi
Italiya klublari “Sassuolo” va “Peskara” o'rtasidagi o'yin natijasi bekor qilindi.
Yakshanba kungi bahsda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishgandi. Biroq o'yinda ro'yxatdan noto'g'ri o'tkazilgan Antonino Raguza ishtirok etgan. “Sassuolo” bu futbolchi bilan 26 avgustda shartnoma imzolagan. 25 avgustda esa uni o'yinda ishtirok etuvchi futbolchilar ro'yxatiga kiritib yuborgan.
Buning natijasida Eusebio Di Franchesko jamoasiga 0:3 hisobidagi mag'lubiyat yozildi. “Sassuolo” Liga qaroridan norozi ekanini bildirdi.
Havola :
Fikrlar