14 apr 12:15
Yangiliklar
Futbol

V Seriyadan A Seriyaga chiqqan ilk jamoa malum
Italiyaning ikkinchi kuchli divizionida to'p surayotgan "Sassuolo" joriy mavsum yakunidan so'ng A Seriyaga qaytadi.
V Seriyaning 33-turida "Sassuolo" "Speciya" bilan durang o'ynadi va bu orqali o'ziga A Seriya yo'llanmasini naqd qildi.
SHu tariqa, chempionat yakuniga 5 tur qolganida musobaqa jadvalining 3-o'rnida ketayotgan "Speciya" matematik jihatdan "Sassuolo"ga eta olmaydi.
Malumot uchun, "Sassuolo" klubi bir yillik tanaffusdan so'ng yana A Seriyaga qaytdi. Jamoa o'tgan mavsum A Seriyada 19-o'rinni egallab, quyi ligaga tushib ketgandi.
Havola :
Fikrlar