06 sen 07:35
Yangiliklar

Saudiya Arabistoni – JCH-2018ning sakkizinchi ishtirokchisi!
Hamyurtimiz Valentin Kovalenko boshqarib borgan o'yinning 63-daqiqasida Yahyo Al SHehri tomonidan kiritilgan yagona gol saudiyaliklarni Rossiyaga yo'llanma olishlari uchun etarli bo'ldi.
Ushbu g'alabadan keyin gollandiyalik mutaxassis Van Merveyk boshqarayotgan terma jamoaning ochkolari soni 19 taga etdi. Ular to'plar nisbatidagi ijobiy ko'rsatkich tufayli Avstraliyani ortda qoldirib, guruhda ikkinchi o'rinni band etishdi.
Endi pley-off bellashuvlarida Suriya va Avstraliya terma jamoalari JCH yo'llanmasi uchun yurishlarini davom ettirishadi.
Saudiya Arabistoni terma jamoasi esa Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya va Janubiy Koreyadan keyin sakkizinchi bo'lib JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kiritgan jamoaga aylandi.
Fikrlar