10 sen 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Saul Alvares: "19 yildan beri prof boksdaman, lekin o'zimni 24 yosh his qilyapman"
Ikkinchi o'rta vazn toifasining mutlaq chempioni, meksikalik Saul Alvares hozircha faoliyatini yakunlash niyatida emas.
"O'zimni 24 yoshdek his qilyapman. Albatta, endi tanam haqida ko'proq qayg'urishim kerak, prof boksda 19 yildan beri borman. Ammo o'zimni juda yaxshi his qilyapman. O'zimni kuchliroq va tezroq his qilmoqdaman.
Men yana 4-5 yil jang qila olaman degan bo'lardim, ammo kim biladi. Oilam xursand, meni qo'llab-quvvatlamoqda. Men so'raydigan emas, amalga oshiradigan yigitlardanman", - dedi Alvares.
Havola :
Manba : DAZN
Fikrlar