27 okt 13:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares Beterbievga qarshi jang qilishi mumkin
O'rta vazn toifasida WBC va WBA Super kamarlari sohibi Saul Alvares yarim og'ir vaznda WBC va IBF chempioni Artur Beterbievga qarshi ringga ko'tarilishi mumkin.
Saulning kelasi yil may oyidagi jangi uchun bir nechta nomzodlar mavjud. Ular orasida rossiyalik jahon chempioni ham bor. Agar muzokaralar ijobiy yakunlansa, Saul Alvares va Artur Beterbiev o'rtasidagi yana bir super to'qnashuv guvohi bo'lishimiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, Saul Alvares navbatdagi jangini 2 noyabr kuni boshqa bir rossiyalik chempion Sergey Kovalyovga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar