26 jan 08:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Saul Alvares boksdan aniq qachon ketishini aytdi
Meksikalik jahon chempioni Saul "Kanelo" Alvares professional boksdagi faoliyatini qachon yakunlashini malum qildi.
"Aniq kunini bilmayman, lekin albatta yakun sari yaqinlashayotganim tayin. Ammo hozir o'zimni har qachongidan ham yaxshi his qilyapman. Balki, 38 yoshda? Ha, 38 yosh – boksdan ketishni o'ylash uchun ideal vaqt", — dedi Alvares talkSPORT'ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Kanelo so'nggi jangini 2024 yilning 14 sentyabrida Las-Vegasda puerto-rikolik Edgar Berlangaga qarshi ringga ko'tarilgan va hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : talkSPORT
Fikrlar