So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

18 mar 12:49
Yangiliklar

Boks/MMA

Saul Alvares jang qiladigan turnirning to'liq kardi tasdiqlandi

3 may kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Riyadh Season promousheni tomonidan navbatdagi katta prof boks oqshomi o'tkaziladi.

Tashkilotchilar ushbu turnirning to'liq kardini tasdiqlashdi. Asosiy jang to'rta vazn toifasida jahon chempioni Saul Alvares (62-2-2, 39 KO) ishtirokida bo'lib o'tadi. Meksikalik afsona ikkinchi o'rta vazn (76,2 kg) toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun kubalik Uilyam Skall (23-0, 9 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Saul "Kanelo" Riyadh Season bilan to'rtta jang uchun shartnoma imzolagan. 

Oqshomning co main-event jangida meksikalik yana bir taniqli bokschi Xayme Mungia franciyalik Bruno Surasga qarshi revansh jangini o'tkazadi. Mungia o'tgan yilning dekabr oyida o'zi tug'ilib o'sgan Tixuana shahrida o'tgan ilk jangda Surasga kutilmaganda yutqazib qo'ygandi. Francuz bokschisi nomdor raqibini hamyurtlari ko'z o'ngida oltinchi raundda nokautga uchratgan edi. 

Yana bir qiziqarli jang superog'ir vaznda Martin Bakole va Efe Adjagba o'rtasida kechadi. Fevral oyida Bakole jarohat sabab safdan chiqqan Deniel Dyubuaning o'rniga Jozef Parkerga qarshi jang o'tkazishga rozilik bergandi. Ikki kun qolganda jangni qabul qilib olgan Martin ikkinchi raunddayoq nokautga uchragan edi. 

Birinchi og'ir vaznda yangi WBC chempioni Badu Jek kanadalik majburiy davogar Rayan Rozickidan o'z kamarini himoya qiladi. SHuningdek, 3 may kungi turnirda meksikalik 23 yoshli Marko Verde professional boksdagi debyut jangini vatandoshi Michel Galvan Polina (4-5-3, 2 KO)ga qarshi o'tkazadi. Marko o'tgan yili Parij-2024 Olimpiadasida kumush medalni qo'lga kiritgandi. 

Riyadh Season turnirining to'liq kardi:

Saul Alvares (Meksika) — Uilyams Skall (Kuba)

Xayme Mungiya (Meksika) – Bruno Suras (Franciya)

Martin Bakole (Kongo Demokratik Respublikasi) – Efe Adjagba (Nigeriya)

Badu Jek (SHveciya) – Rayan Rozicki (Kanada)

Brayan Leon (Kuba) – Aaron Gerrero (Meksika)

Marko Verde (Meksika) – Mishel Polina (Meksika)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing