So’nggi yangiliklar

13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0 08:23Grand Chess Tour: Синдаров 6-турда пешқадамлардан бири Каруана билан ўйнади 0 07:57Махачев Гэрри билан тўқнашув ҳақида: "Бир неча сонияга "юлдузчалар" кўринди" 0 07:32"Башакшехир" мавсумни ғалаба билан бошлади, Шомуродовда гол, Файзуллаевда ассист + ВИДЕО 0 21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0

27 iyu 07:42
Yangiliklar

Boshqalar

Saytimiz bosh muharriri Yilning eng faol sport jurnalisti tanlovida taqdirlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev bugun ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik yo'lladi.

 Unda shunday jumlalar bor: «Ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarish va yangilanish jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib, joylardagi ijtimoiy muammolar, xato va kamchiliklarga davlat idoralari va jamoatchilik etiborini qaratayotganini alohida qayd etish lozim».

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ham jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatini faol targ'ib etish, mamlakatimiz aholisi, xususan yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini keng ommalashtirish yo'lida fidokorona xizmat qilib kelayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist hamda blogerlarning mehnatini yuksak qadrlaydi.

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan 2004 yildan buyon vazirlik tomonidan «Yilning eng faol sport jurnalisti» ijodiy tanlovi o'tkazib kelinadi va uning g'oliblari har safar jurnalistlarning kasb bayrami arafasida taqdirlanadi. Bu safar ham shunday bo'ldi.

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida o'tkazilgan tadbirda joriy yilgi ijodiy tanlov g'oliblari bilan bir qatorda sport tadbirlari va musobaqalari, xalqaro arenalarda O'zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan sportchilar va ularning ustozlari, sport talim muassasalari va inshootlari faoliyatini faol yoritib kelayotgan OAV xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov ham ishtirok etdi va jurnalistlarni kasb bayrami bilan muborakbod etdi.

- Barchangizni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan vazirligimiz nomidan samimiy qutlayman. Sizlar biz uchun tabir joiz bo'lsa oyna vazifasini o'tab bermoqdasiz. Sportchilarimiz qaerlarda xatoga yo'l qo'yishmoqda, yana nimalarga ahamiyat qaratish lozim, sportimizdagi muammolar nimadan iborat? Bu kabi savollarga kerak bo'lsa mutaxassislardan avval jurnalistlarimiz etibor qaratishmoqda. Bir so'z bilan aytganda, bugungi muvaffaqiyatlarimiz zamirida siz jurnalistlarning ham hissangiz beqiyos, - dedi Ravshan Sayfiddinovich.
 


«Yilning eng faol sport jurnalisti» tanloviga qiziqish bu yil har qachongidan yuqori bo'ldi. Hakamlar hayati ham g'olib va sovrindorlarni aniqlashda qiynalishdi. Yakunda tanlovning g'olib va sovrindorlari uchligi qo'yidagicha ko'rinish oldi.

1-o'rin: Akbarali Allaev – «Sport» telekanali bosh muharrir o'rinbosari;

2-o'rin: Kamoliddin Alimov – www.olamsport.com sayti bosh muharriri;

3-o'rin: To'lqin Ro'ziev – «Yangi O'zbekiston» gazetasi muxbiri.

SHuningdek, tadbirda yil davomida jismoniy tarbiya va sportni faol targ'ib qilib kelayotgan bir guruh jurnalist va ijodkorlar “Jismoniy tarbiya va sport alochisi: ko'krak nishoni hamda vazirlikning esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

   
27 iyu 11:13:53
Bahodir10
Tabriklayman ishlaringizga omad
   
27 iyu 10:21:14
.Sherzod.
Табриклимиз , меҳнат қилишдан чарчамелар
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing