18 avg 08:46
Yangiliklar
Tennis
Sayyoramizning ikkinchi raketkasi "US Open" ishtirok etmaydi
Dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lib turgan Simona Xalep "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatida ishtirok etmaslikka qaror qildi.
Ruminiyalik tennischi o'z qarorini quyidagicha izohladi:
"Bugungi pandemik vaziyat hamda barcha voqeyliklarni taroziga qo'yib ko'rdim. Buning xulolasida bu yilcha Nyu-Yorkka bormaslikka qaror qildim. Men har doim sog'liqni birinchi o'ringa qo'yganman", - deya o'zining Twitter sahifasida xabar qoldirgan Xalep.
Eslatib o'tamiz, o'tgan kuni Simona Praga turnirida bosh sovrinni qo'lga kiritgan edi. Faoliyatidagi 21-sovringa ega chiqqan Xalep o'z o'rnida AQSH Ochiq chempionatida qatnashishdan bosh tortgan 21-tennischiga ham aylandi. US Open turnirida Top-10 reytingdagi 4 nafar tennischi qatnashadi, xolos.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar