24 mar 14:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Sebastyan Fundora keyingi raqibi kim bo'lishini aytdi
Super yarimo'rta vazn toifasida WBC va WBO yo'nalishlari chempioni Sebastyan Fundora CHordeyl Bukerni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan edi.
Amerikalik bo'ydor jahon chempioni navbatdagi jangini puerto-rikolik Xander Zayasga qarshi o'tkazish niyatida ekanini aytdi.
"Bu vazn toifasida kuchli jangchilar ko'p. Ulardan biri jangim paytida arenada bo'ldi. Bu Xander Zayas! Men unga qarshi ringga chiqishni intiqlik bilan kutyapman. Keyin navbat barcha mashhur jangchilarga keladi. Ko'ramiz, bu janglardan keyin kamarlar kimda qolar ekan? Menga qolgan ikkita kamar kerak. Birinchi navbatda Puerto-Riko - Meksika! Albatta, bu ajoyib jang bo'ladi", dedi Fundora BoxingScene nashri muxbiri bilan suhbatda.
Takidlash joiz, ushbu vazn toifasida o'zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov WBA yo'nalishining sobiq chempioni hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar