So’nggi yangiliklar

12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0

01 iyu 14:25
Yangiliklar

Futbol

JCH-2026`ni tark etgan yana bir murabbiy ishdan ketdi

Sebastyan Bekkasese Ekvador terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.

Ekvador terma jamoasi bosh murabbiyi Sebastyan Bekkasese JCH-2026 1/16 finalida Meksikaga qarshi kechgan bahsda (0:2) mag'lubiyatga uchrab, musobaqani tark etganidan so'ng istefoga chiqqanini elon qildi.

"Bizning shartnomamiz jahon chempionati yakuni bilan o'z nihoyasiga etdi, biz uchun esa jahon chempionati bugun yakunlandi. Biz o'z oldimizga qo'ygan maqsadimizga — tariximizdagi eng yaxshi jahon chempionatini o'tkazishga erisha olmadik. Ammo biz o'zimizdan keyin meros — juda jipslashgan va oilaga o'xshaydigan jamoani qoldirdik. Hozir sodir bo'lgan voqea... Bu haqiqatan ham ajoyib. Bu odamlar his qilayotgan og'riq va qayg'uni o'chirib tashlamaydi, lekin ishoning, oldimizda kutayotgan voqealar uchun hali ham ko'plab ishtiyoq bor.

Qanday meros qoldirilganini juda yaxshi bilaman. Bazida Allohning rejalari shunday bo'ladi va biz ularni qabul qilishimiz kerak. Bu biz tasavvur qilgan yoki istagan narsa emasdi. Agar g'alaba qozonganimizda, ishni davom ettirgan bo'lardik. Ushbu maqsadga erishish uchun yana bir o'yin kifoya qilardi. Futbol shunday: natijalar muhim. Bugun men ajoyib va go'zal oila bilan xayrlashishim kerak, ammo bor kuchimizni berganimizni bilganim uchun katta minnatdorchilik, xotirjamlik va ichki uyg'unlik bilan ketayapman", — dedi Bekkasese.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing