So’nggi yangiliklar

08:41Евро-2024. Кечаги учрашувларда кимлар "man of the match" соҳибига айланди? 0 08:20Енгил атлетикачиларимиз “BYD silk road to Paris” турнирида биринчи бўлишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 07:59Кремлёв дзюдочиларнинг Олимпиадага бормаслиги ҳақида: "Умид қиламанки, кураш ҳам улардан намуна олади" 0 07:38Аргентина терма жамоасининг Олимпиада-2024 учун таркиби маълум 0 07:17Евро-2024. Испания 1/8 финалда Грузия эртагига якун ясади 0 20:07Табило мавсумдаги иккинчи совринини қўлга киритди 0 19:46Шара Буллет UFC видеоўйинида пайдо бўлади (+ФОТО) 0 19:25Райан Гарсия дисквалификация бўйича яна судлашмоқчи 0 19:03Энрикега Шкриньяр керакмас. ПСЖ ҳимоячиси учун "Фенербахче", "Галатасарой" ва "Бешиктош" даъвогарлик қилмоқда 0 18:41Киберспорт. Ўзбекистон терма жамоаси DOTA 2 бўйича Осиё Кубоги йўлланмасини қўлга киритди 0 18:20Диана Шнайдер Бад-Хомбургни забт этди 0 17:59Хавфсизлик кучлари Хабиб Нурмагомедовни қидиргани маълум бўлди 0 17:38"Реал" футболчиси жамоага қайтди ва унга дарҳол эшикни кўрсатишди 0 17:17IBA Серпуховда 5000 ўринли махсус арена қуради 0 16:54Девин Хэйни "таътилга чиқди", WBC Пуэлло-Мартин жангини эълон қилди 0

29 iyu 15:01
Yangiliklar

Futbol

Sehrli "qalpoqcha"si bor Eldor SHomurodov 25 yoshga to'ldi

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning "Rostov" klubi hujumchisi Eldor SHomurodov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Mamlakatimizning eng issiq o'lkasida tug'ilib, bugungi kunda nisbatan sovuq mamlakatda to'p tepayotgan SHomurodovlar sulolasining kenja vakili 25 yoshga to'ldi. Eldor bu safar tavallud ayyomini Avstriyada nishonlamoqda. Boisi, bu erda Rossiyaning etakchi klublari ishtirokida ananaviy tijorat turniri o'tkazilyapti va unda "Rostov" ham qatnashyapti.    

Eldor SHomurodov - 1995 yilning 29 iyun kuni Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanida dunyoga kelgan. Oiladagi muhit sababli yosh Eldor boshqa kasbni tanlay olmasligi o'sha paytdayoq kundek ravshan bo'lib ulgurgandi. Uning otasi Azamat aka ham professional futbolchi sifatida mamlakatimizning o'rtamiyona klublarida to'p tepgan. O'zidan 4 yoshga katta akasi Sanjar ham futbolchi bo'lgan. Eldorning qarindoshlari orasida eng mashhuri bu shubhasiz Ilhom SHomurodov hisoblanadi. Ilhom "Nasaf" jamoasi tarkibida 2011 yilda OFK Kubogini qo'lga kiritgan. 

Eldor 6 yoshidan to'p tepishni boshlagan. 11 yoshida Muborakning "Mashal" akademiyasiga qabul qilingan. 2014 yilda, yani 19 yoshida "Mashal"ning asosiy tarkibida maydonga tushgan. O'sha yili muborakliklar O'zbekiston chempionatida kuchli beshlikdan joy olishgandi. 2015 yili Sergey Lushanning taklifi bilan "Bunyodkor" klubiga ko'chib o'tdi. SHu yili do'stlari Dostonbek Hamdamov va Otabek SHukurovlar bilan birga OFK tomonidan "Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi" nominaciyasida davogarlar qatoriga kiritildi. Yakunda Hamdamov qitaning eng yaxshisi deb topildi. SHomurodov O'zbekiston chempionatida jami 96 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol kiritgan. 



2017 yilning iyun oyida "Bunyodkor"dan Rossiyaning "Rostov" klubiga transfer qilindi. SHartnoma 2,5 yil muddatga imzolandi. Rossiya chempionatidagi debyuti 30 iyul kuni "Amkar"ga qarshi o'yinda bo'lib o'tgan. Eldor Permdagi uchrashuvning 88-daqiqasida zaxiradan o'yinga qo'shilgandi. Yaqinda u "Rostov" bilan yangi shartnomaga imzo chekdi. Bu galgi kelishuv 5 yilga mo'ljallangan. 

Bugungi kunda Eldor SHomurodov O'zbekiston milliy terma jamoasining birinchi raqamli hujumchisiga aylangan. Uning mamlakat bosh jamoasidagi debyuti 2015 yilning 3 sentbriga to'g'ri keladi. O'shanda u JCH-2018 saralash bosqichidan o'rin olgan uchrashuvda Yamanga qarshi maydonga tushgan. O'tgan yil BAA yashil maydonlarida o'tgan Osiyo Kubogi-2019 esa chinakamiga SHomurodovning benefisiga aylanib ketdi. Eldor 4 ta uchrashuvda 4 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Avvaliga 9 yanvar kuni Ummonga qarshi bahsning 86-daqiqasida g'alaba (2:1) to'pini kiritidi. 13 yanvarda Turkmaniston terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv (4:0)da dublga erishdi. 17 yanvar kuni Yaponiya bilan bo'lib o'tgan o'yin (1:2)ning 40-daqiqasida chiroyli gol muallifiga aylandi. 1/8 final doirasidagi Avstraliya - O'zbekiston uchrashuvining asosiy va qo'shimcha bo'limlarida hisob ochilmagan, penaltilar seriyasida omad Yashil qita vakillariga kulib boqqandi. 



Osiyo Kubogidan so'ng FIFA rasmiy sayti Eldor SHomurodovga shunday tarif bergandi: 

"2015 yil o'tkazilgan U-20 jahon chempionatida o'zini ko'rsatgan futbolchilardan biri yana porladi. SHomurodov o'zini Amirliklarda ham juda yaxshi namoyon eta oldi. U ayniqsa, Yaponiya darvozasiga juda chiroyli gol urdi. Ayni paytda "Rostov"da to'p tepayotgan hujumchidan hammaning umidi katta".

FIFA etirof etgan yoshlar orasida shuningdek, Almuaz Ali (Qatar), Ritcu Doan (Yaponiya), Kris Ikonomidis (Avstraliya) va Kim Min Jae (Janubiy Koreya) ham bor edi.



Eldor yaqinda Suriyaga qarshi Toshkentda o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida o'ziga xos natija qayd etdi. O'yinda dublga erishganyu SHomurodov terma jamoadagi gollari sonini 13 taga etkazib oldi. Bu bilan u Nikolay SHirshov va Sardor Rashidovga etib oldi. Bu futbolchilar hisobida ham 13 tadan gol bor. O'zbekiston terma jamoasida eng ko'p gol urgan futbolchi Maksim SHackix (34ta gol) hisoblanadi.



Qiziq holat shundaki, Eldor 2008-2010 yillarda "Bunyodkor" sharafini himoya qilgan Rivaldo bilan uchrashgan. Aniqrog'i, Muborakdagi o'yinlarning birida Rivaldo "Mashal" akademiyasi tarbiyalanuvchisini qo'lidan etaklab maydonga chiqib kelgan. SHomurodov o'sha kunni xuddi kechagidek eslaydi. 

- Jamoa "Mashal" bilan o'ynaganida uni qo'lidan ushlab maydonga olib chiqqanman. O'sha paytda O'zbekiston terma jamoasida o'ynagan Ignatiy Nesterov, Aleksandr Geynrix va Anzur Ismoilov men uchun yulduz edi. Rivaldoni ko'rib shokka tushib qolganman. Kechagina ularga to'p olib berardim, bugun esa terma jamoada o'ynayapman.



SHomurodov o'tgan mavsumning ikkinchi yarmidan "Rostov"ning etakchilaridan biriga aylandi. Jamoasi uchun chempionatdagi muhim gollarni kiritdi. Uning Rossiya Premer-ligasi 27-turi doirasidagi "Krasnodar"ga urgan goli "Rostov"ning mavsumdagi eng chiroyli goli deb tan olindi.

Valeriy Karpin, "Rostov" bosh murabbiyi

"SHomurodov zaxiradan o'yinga qo'shilib, o'yinga tasir o'tkaza oladigan qobiliyatga ega. Sababi, u kuchga to'lgan va o'yinga chanqagan holda maydonga tushadi. Eldor gol urishdan tashqari, uzatmalarni qabul qilishi, raqiblarga qiyinchilik tug'dirishi, jamoadoshlariga erkinlik yaratishi, umuman hammasini ijobiy bajaradi", - deya SHomurodov haqida fikr bildirdi "Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin.



Eldorning o'zi Karpin haqida shunday deydi:

 - Valeriy Georgievichni tug'ilgan kuni bilan tabriklaganimizda, uni quvnoq inson deb aytganman. Karpin - taktik va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha eng yaxshi murabbiylardan biri. Nazariy mashg'ulotlarda u bizga top-klublar qanday o'ynashini - himoyadan qanday chiqishi va hujumga o'tishini ko'rsatib beradi. Osiyo Kubogidan keyin jamoadagi hamma meni gollar bilan tabriklagandi. Valeriy Georgievichning aytishicha, unga o'yinim yoqqan ekan.

Odil Ahmedov Eldor haqida:

- Hozirgi kunda Eldor haqiqiy hujumchiga xos harakatlari bilan hammani hayron qoldirmoqda. U bundan ham yaxshiroq o'ynashga qodir. To'p bilan bo'lganimda u qaerga pas berishimni yaxshi biladi. "Eldor - ajoyib va oddiy yigit. U qobiliyati bilan ko'plab futbolchilar orasida ajralib turadi. Unda tug'ma qobiliyat borligi ko'rinib turibdi - u ko'p gol uradi.



Dilshod Andaev, SHomurodovning birinchi murabbiylaridan biri

- 2008 yili tayyorlov guruhlari musobaqasi uchun Jarqo'rg'onga borgandik. O'shanda "Mashal" futbol maktabida selekcioner-murabbiy vazifasida ishlagan Viktor Aleshnikov mahalliy ikki yosh futbolchi bor, shularni bir sinab ko'rmaysanmi degandi. SHundan so'ng o'sha ikki futbolchi - Eldor SHomurodov va Sardor Abduraimov bilan tanishdim va ularni "Mashal"ga taklif qildim. U paytda Eldor endi 13 yoshga to'lgandi. U "Mashal"ga kelganidan so'ng dastlabki uch yilni akademiyada o'tkazdi. Bu orada Qashqadaryo bolalar chempionati va ikkinchi ligada ishtirok etib yurdi. Keyin "Mashal"ning birinchi ligadagi farm-klubiga yo'l olib, birinchi ligada o'zini ko'rsata boshladi. Oradan ko'p o'tmay jamoamizning asosiy tarkibiga jalb qilindi. SHomurodovning kuchli tomoni avvalo, golni yaxshi his qilishida. Qolaversa, tezligi bilan o'yinni o'qishi, raqiblarni aldab jarima maydonchasiga kirib borishi ham yaxshi. Faqat bitta kamchiligi bor: biroz erinchoq. Agar bo'shashmasdan o'z ustida ishlashda davom etsa va eng muhimi erinchoqligini yo'qotsa, u ideal futbolchiga aylanadi. 



Fursatdan foydalanib, Eldor SHomurodovni bugungi tavallud ayyomi bilan saytimiz ijodkorlari hamda o'quvchilari tomonidan chin qalbdan muborakbod etamiz. Gol urishdan charchama, Eldor!


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing