So’nggi yangiliklar

22:43"Номзодлар турнири". Синдаров тарихий натижага яқинлашяпти 0 18:23"Кейинги сафар ўзим каби бўламан". Двалишвили Янга қарши реваншдаги хатосини айтди 0 18:02Диллиан Уайт Фьюри — Махмудов жангига тахмин берди 0 17:41"Бавария”, "Ливерпуль” ва "Арсенал" Гордон учун даъвогарлик қилмоқда 0 17:20Тимофеева Руандаги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 16:59Илия Топурия: "Махачев билан жанг барибир бўлади. Бунга умид қиламан" 0 16:38Дана Уайт: "Биз бу жангда хавфсизлик чораларини кучайтиримиз — беҳазил" 0 16:17“Монако” "Барселона"дан Фатини харид қилмоқчи 0 15:56Полина Кудерметова финал остонасида уч сетлик учрашув ўтказди 0 15:35Тайсон Фьюри: "Отам олти йил олдин мен фаолиятимни тугатишимни истаган" 0 15:14Илия Топурия нега ижтимоий тармоқларда ММА рекордини ўзгартириб кўрсатишини тушунтирди 0 14:53Мексика президенти Эрон ўйинларининг кўчирилиши бўйича ФИФАнинг якуний қарори ҳақида гапирди 0 14:32Осиё чемпионати финалида боксчимизни мағлуб этган Нурбек Оралбай ўз фикрини билдирди 0 14:11Царукян Оливейра билан реванш ўтказмоқчи: "Унга BMF камари тўғри келмайди" 0 13:50Тайсон Фьюри: "Агар шундай бўлса, жамоамдагиларга мени "отиб ташланглар" дедим" 0

20 may 12:14
Yangiliklar

Tennis

Sensaciya davom etadi. Fomin "CHellenjer" turniri finalida!

Qozog'istonning CHimkent shahrida o'tkazilayotgan "Shymkent II Challenger 80" turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.

"CHellenjer" turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada istedodli tennischimiz Sergey Fomin ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Hamyurtimiz hozirgina yakuniga etgan yarim final uchrashuvida dunyoning 261-raketkasi, AQSH vakili Emilio Navani 6/4, 5/7, tay-brekda 7/6(7/5) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 

Uchrashuv 2 soatu 26 daqiqa davom etgan. Nava bahs davomida 9 ta, Fomin esa 5 ta eys zarbani amalga oshirdi. Amerikalik tennischi ikkinchi davrada turnirning birinchi raketkasi, ATP reytingida 237-pog'onadan joy olib turgan rossiyalik Aleksandr SHevchenkoni 6/3, 6/4 hisobida taslim etgan edi. 

Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ATP reytingida 838-pog'onadan joy olgan. Hamyurtimiz ilk davrada reytingda o'zidan 460 pog'ona yuqorida borayotgan rossiyalik Alibek Kachmazovni 6/1 7/6, nimchorak finalda yana bir reytingi yuqori tennischi, germaniyalik Sebastyan Fanzelovni 6/3, 6/3, chorak final uchrashuvida esa turnirning 4-raketkasi, dunyo reytingida 285-pog'onadan joy olib turgan yaponiyalik Kaichi Uchidani 5/7, 6/3, 6/4 hisobida dog'da qoldirgandi. 

Eslatib o'tamiz, Fomin mag'lub etgan Fanzelov Denis Istominni musobaqadan chiqarib yuborgan edi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

   
20 may 12:42:45
.Sherzod.
Bizani tenischilarimizni eng katta muommosi bu barqarorlikni saqlab qololmasligi baazi musoboqalarda favoritlarni yutib keyin 3-4 yil ko‘rinmay hatto saralashlardan o‘tolmey qoladi, Istomen tsonga, Jokovich kabi kuchli tennischilarni mag‘lubiyatlarga uchratib o‘zi esa reytengni mingtaligiga kirmaydigan farzandi qatori tennischilarga yutqazib yuradi, Sportchi faqat g‘alabani o‘ylashi pul tikshlar sportchiga yarashmaydi
   
20 may 12:24:50
Mirjalol94
Zor uynadi ln xarakter bor ekan bolada
   
20 may 12:17:09
Шерали
буларкану
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing