13 fev 10:09
Yangiliklar
Tennis

Serena bir yarim yildan so'ng yana Top-10 reytingga qaytadi
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi Serena Uilyams bir yarim yillik tanaffusdan so'ng yana kuchlilar safiga qaytmoqda.
Bunga Anastasiya Sevastovaning Dohada davom etayotgan turnirda rossiyalik Anna Blinkovaga yutqazib qo'ygani sabab bo'ldi. Bu esa Serenaning WTA reytingida Top-10 tennischilar safiga kirib olish uchun zamin yaratdi.
Uilyams so'nggi bor 2017 yilning 3 iyul kuni dunyoning kuchli o'n nafar tennischilar qatoriga kirgan edi. Serena farzand tarbiyasi sabab tennischilik faoliyatida tanaffus olishga majbur bo'lgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar