03 sen 10:05
Yangiliklar
Tennis

Serena Uilyams Navratilovaning rekordini takrorladi
Sayyoramizning birinchi raketkasi Serena Uilyams afsonaviy tennischi Martina Navratilovaning rekordini takrorladi.
Amerikalik tennischi AQSH Ochiq chempionatining ikkinchi davrasida Vanya Kingni 6:3, 6:3 hisobida mag'lub etdi. Ushbu muvaffaqiyat Uilyams uchun “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlardagi 306-g'alaba bo'ldi.
Serena endi uchinchi bosqichda dunyoning 47-raketkasi shveciyalik Yoanna Larssonga qarshi kortga chiqadi. Agar Uilmyas bu uchrashuvda ham g'alaba qozonsa, mutloq rekordchiga aylanadi.
SHuningdek, agar Serena AQSH Ochiq chempionatida yarim finalga qadar etib borsa, reytingda uzluksiz peshqadamlik bo'yicha ham rekord sohibasiga aylanadi. Hozircha bu rekord 182 haftalik peshqadamlik bilan germaniyalik SHteffi Grafga tegishli.
Havola :
Fikrlar