17 iyu 09:50
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/14404_220.jpg)
Serena Uilyams ona bo'lishiga 3 oy qolgan bir paytda mashg'ulot o'tkazdi
Amerikalik tennis yulduzi, dunyoning sobiq birinchi raketkasi Serena Uilyams o'z harakatlari bilan barchani ajablantirishda davom etmoqda.
Uilyamslarning kichigi ona bo'lishiga 3 oy muddat qolgan bo'lishiga qaramay, tennis mashg'ulotlarini kanda qilmayapti. To'g'ri, Serena kortning u boshidan bu boshiga tinmay yugurayotgani yo'q. Lekin to'pga kuch bilan zarba berishlari ham hozirgi holatida katta jasorat talab etadi.
Eslatib o'tamiz, Uilyams asli kelib chiqishi armanistonlik bo'lgan tadbirkor Aleksis Oganyandan farzand kutyapti. Tez orada bu juftlikning to'ylari bo'lib o'tishi kerak.
Malumot uchun, Serena o'zining so'nggi turnirini yanvar oyida o'tkazgan edi. O'shanda Uilyams og'iroyoq bo'lishiga qaramay, “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Australian Open turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar