So’nggi yangiliklar

15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0

18 sen 17:16
Yangiliklar

Engil atletika

Sergey Bubkaning 26 yillik rekordini 20 yoshli yigit yangiladi

Teglar :  Engil atletikaBubka
Italiyaning Rim shahrida engil atletika bo'yicha “Brilliant liga” musobaqasining navbatdagi bosqichi bo'lib o'tdi.

Ahamiyatlisi, unda erkaklar o'rtasida langarcho'pga tayanib sakrash yo'nalishida shveciyalik Arman Dyuplantis ukrainalik afsonaviy Sergey Bubkaning rekordini yangiladi.

1994 yil Sergey Bubka ochiq havodagi musobaqalarda 6.14 metrdan sakrab o'tgan va 26 yil davomida hech kim bu natijani yangilay olmayotgan edi. Kecha tunda 20 yashar Dyuplantis ushbu rekordni 1 smga yangiladi.

“Armanni mening rekordimni yangilagani bilan chin qalbimdan tabriklayman! Ajoyib natija! Uning ota-onasi, o'zi va engil atletika uchun xursandman. Sportda u kabi yoshlar etishib chiqmoqda. Kelajakda Armanga yanada baland marralarni zabt etishini tilab qolaman”, – dedi Sergey Bubka.

“Va nihoyat, yangi jahon rekordi! Bu juda ajoyib! Men bu balandlikka sakrashni juda xohlagan edim. So'nggi paytlarda ko'pchilik bu haqida gapirar va mening elkamda shu mish-mishlarning yuki turar edi. Tushundimki, odamlar mendan qachon rekordni yangilaysan, deb doim so'rayvermasliklari uchun bu ishni qilishim kerak bo'ldi. Kelasi hafta Doxadagi bosqichda ham bu natijani yaxshilab ko'rishga harakat qilaman. Ana undan keyin hordiq chiqarib, bu natijamni bayram qilaman”, – dedi Arman Dyuplantis.

Eslatib o'tamiz, Dyuplantis joriy yilning fevral oyida yopiq inshootlardagi musobaqalarda ham jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo'lgan edi (6.17 m).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing