13 fev 15:17
Yangiliklar
Tennis

Sergey Fomin Aktobeda 3 soatlik o'yin o'tkazdi
Istedodli tennischimiz Sergey Fomin Aktobedagi turnirning birinchi davrasida rossiyalik tajribali tennischi Konstantin Kravchukka qarshi kortga chiqdi.
Afsuski, 3 soat 5 daqiqa davom etgan o'yinda Fomin 6:4, 6:7, 6:7 hisoblarida mag'lub bo'ldi va yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi. Malumot uchun Fomin 18 yoshli Fomin jahon reytingida 579, 33 yoshli esa Kravchuk 474-o'rinni egallab turibdi.
Birozdan so'ng u Sanjar Fayziev bilan birgalikda juftlik bahslarida kortga chiqadi. SHuningdek, bugun turnirda ikkinchi raqam ostida saralangan Humoyun Sultonov rossiyalik Anton CHexovga qarshi o'ynaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar