09 jan 12:52
Yangiliklar
Sergey Fomin Bxopaldagi turnirda 1/4 finalga chiqdi
Mukofot jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z imkoniyatini sinab ko'rmoqda. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ilk davrada turnirning uchinchi raqamli tennischisi, reytingda o'zidan 142 pog'ona yuqorida turgan rossiyalik Bogdan Bobrovga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi - 6/1, 6/1.
Fomin bugun o'tkazilgan 1/8 finalda ukrainalik Vladislav Orlovdan ustun keldi. Etmish to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda tennischimiz 6/4, 6/2 hisobida zafar quchdi. Uning chorak finaldagi raqibi rossiyalik Maksim Jukov hamda yaponiyalik Yuta Kavaxashi o'rtasidagi uchrashuvda aniqlanadi.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ayni paytda ATP reytingida 574, Bobrov 432, Orlov esa 612-pog'onadan joy olgan.
Fikrlar