27 apr 18:18
Yangiliklar

Sergey Fomin SHimkentdagi turnirning har ikki finalida kortga chiqdi
Ushbu musobaqada mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin ham nisbatan olganda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Hamyurtimiz avvaliga rossiyalik Pavel Verbin bilan birga juftlik musobaqasi chempioniga aylandi. Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan bu tandem final bahsida germaniyalik Adrian Oetzbax hamda belgiyalik Martin Van Der Mirshen hamkorligini 6/3, 6/3 hisobida taslim etdi.
Fomin yakkalik musobaqasida ham finalga etib bordi va afsuski, turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan bo'lishiga qaramay, franciyalik SHon Kyunenga 2 soatu 7 daqiqa davom etgan uchrashuvda 4/6, 6/1, 1/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin hozirda ATP reytingida 461, SHon Kyunen esa 937-o'rinni egallab turibdi. O'rtadagi katta tafovut natijada aks etmadi.
Fikrlar