09 fev 16:54
Yangiliklar
Tennis

Sergey Fomin Turkiyadagi turnirda o'yin o'tkazdi
Turkiyaning Antalya shahrida ITF tasnifiga kiruvchi ”M15 Antalya” turnirida tennischilarimiz ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
Musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin saralash bahslarining 2-bosqichida germaniyalik Paul Vornerga qarshi kortga chiqdi. 3 set davom etgan o'yinda Fomin 6/2, 5/7, 10/7 hisobida g'alaba qozondi.
Asosiy to'rga yo'llanma beruvchi bosqichda esa Sergey Fominga ukrainalik Aleksey Krutix raqiblik qildi. Afsuski, ushbu o'yinda yurtdoshimiz raqibiga 4/6, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va turnirni tark etdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu turnirda boshqa bir o'zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov ham ishtirok etadi. U musobaqada birinchi saralangan tennischi sifatida qayd etilgan. U bahslarni asosiy bosqichdan boshlaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar