07 fev 12:01
Yangiliklar
Tennis
Sergey Fomin uchun Antaliyadagi "Fyuchers" ham omadsiz kechdi
SHu kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha ITF turkumidagi M25 turniri o'tkazilmoqda.
Musobaqada o'zbekistonlik Sergey Fomin ham ishtirok etdi.
24 yoshli Sergey turnir doirasida dastlab, germaniyalik Tim Xandelni 6/2, 7/6 hisobida mag'lub etgandi. Ammo kecha o'tkazilgan 1/8 finalda u turnirning oltinchi raketkasi, avstriyalik Neyl Oberleytnerga imkoniyatni boy berib qo'ydi — 5/7, 3/6.
Malumot uchun, Sergey Fomin ayni damda ATP reytingida 562, Oberleytner esa 432-o'rinni band etib turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar