16 dek 14:10
Yangiliklar
Futbol

Server Jeparov "Metallurg"ga o'tishi mumkin
O'zbekiston terma jamoasida o'ynash bo'yicha mutloq rekordchi "Metallurg"ga o'tishi mumkin.
Tajribali yarim himoyachi Server Jeparov ayni paytda erkin agent maqomida va kuni kecha Bekobodning "Metallurg" klubi bilan muzokara o'tkazdi.
O'tgan yil Eronning "Istiqlol" klubida o'ynagan Jeparov yozda Qozog'istonning "Jetisu" klubi bilan shartnoma tuzgandi. Biroq tez orada bu jamoani ham tark etdi.
Malumot uchun , Jeparov O'zbekiston terma jamoasida 126ta o'yin o'tkazib, bu borada mutloq rekordchi bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar