14 noy 18:25
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/5797_220.jpg)
“Sevinch” – to'qqiz karra O'zbekiston kubogi sohibi!
Toshkentdagi “Jar” stadionida ayollar o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi-2016ning final uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda Qarshining “Sevinch” hamda Bekobodning “Metallurg W” jamoalari maydonga tushishdi. O'yin taqdiri dastlabki 14 daqiqa ichida hal etildi.
Feruza Turdiboeva va Zebo Jo'raeva tomonidan kiritilgan gollar qarshilik futbolchilarga XV O'zbekiston Kubogini taqdim etdi. “Sevinch” o'z tarixida to'qqiz karra O'zbekiston Kubogi sohibiga aylandi.
XV O'ZBEKISTON KUBOGI. FINAL
“Metallurg W” (Bekobod) – ”Sevinch” (Qarshi) 0:2
Bosh hakam: Anna Sidorova (Toshkent)
Gollar: Feruza Turdiboeva, 2′-0:1, Zebo Jo'raeva, 14′-0:2
Havola :
Fikrlar