03 iyu 13:55
Yangiliklar
Futbol

SHackix “Dinamo” Kiev asosiy tarkib murabbiyi bo'ldi
O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim SHackix Kievning “Dinamo” klubi asosiy tarkibi murabbiyiga aylandi.
Belaruslik mutaxassis Aleksandr Xackevich “Dinamo” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Xackevich murabbiylik shtabida yordamchilarini ham aniqlab oldi.
Unga ko'ra, Maksim SHackix katta murabbiy bo'ladi. Super Maksdan tashqari Oleg Lujniy ham murabbiylar shtabiga kirdi. Mixail Mixaylov darvozabonlarni tayyorlaydi. Hamyurtimiz shu kungacha “Dinamo”ning yoshlar jamoasida ishlab kelayotgandi.
Malumot uchun, Maksim SHackix va Aleksandr Xackevich "Dinamo"ning oltin davrida bir necha yil birga aynan kievliklar sharafini himoya qilishgan edi.
Havola :
Fikrlar