23 avg 14:03
Yangiliklar
Futbol

"SHalke" "Barselona" himoyachisini ijaraga olishi mumkin
"Barselona" himoyachisi Xuan Miranda faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.
"SHalke" 19 yoshli ispaniyalik o'yinchini 2 yilga ijaraga olmoqchi. Mirandaga shuningdek "Marsel" klubi ham qiziqmoqda, faqatgina nemis klubi himoyachi bilan ertaroq muzokaralarga kirishdi.
Futbolchi "Betis"dan ketganidan so'ng, 14 yoshida "Barselona"ga kelgan.
Miranda o'tgan mavsum kataloniyaliklarning asosiy jamoasida 4ta o'yin o'tkazdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar