So’nggi yangiliklar

19:06Богдан Гусков: "Анкалаев билан жанг ҳаётимни ўзгартириши мумкин" 0 18:35Рамазон Темиров иштирокидаги тўлиқ матбуот анжумани 0 18:13Фил Фоден "Манчестер Сити" билан шартномасини 2030 йилгача узайтирди 0 17:33Стив Эрцег Рамазон Темиров ҳақида қандай фикр билдирди? 0 16:58Холдаров ва Олимов Арманистонда илк жангларини ўтказди 0 16:33Темиров ўзи жанг қилишни хоҳлайдиган спортчи номини айтди 0 16:00Гильермо Очоа профессионал футболдаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 15:27Ўзбекистонда UFC турнири қачон ўтказилади — Рамазон Темиров ўз фикри билан бўлишди 0 14:55Рамазон Темиров Асу Алмабаев билан UFC'даги эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 14:33Рамазон Темиров: "Бу жангда ютсам, Эрцегнинг ўрнига кўтариламан, деб ўйлайман" 0 14:12Трамп Инфантинони яна бир катта лавозимга тайинламоқчи 0 13:37Богдан Гусков: «Анкалаев ярим оғир вазн тоифасидаги энг кучли жангчи» 0 13:00FIDE Самарқанддаги Олимпиада олдидан Беларусь шахматчиларига нисбатан қўлланган барча санкцияларни бекор қилди 0 12:32Жаско коач Рамазон Темировнинг вазни қандай ҳолатда эканини айтди 0 11:59AIPS ЖЧ-2026нинг энг яхши ўн нафар футболчиси номини эълон қилди 0

28 mar 11:01
Yangiliklar

SHaxmat

SHamsiddin o'ziga kelmoqda, ikki shaxmatchimiz chempionlik uchun kurashga qo'shildi

Teglar :  SHamsiddin Vohidov
Poytaxtimizda o'zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan xalqaro turnirda 8-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

Bu yil o'z tarixida 18-marotaba tashkil etilayotgan, mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir shveycarcha tizimda 10 turdan iborat bo'ladi. Ishtirokchilar ikki guruhda sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishyapti. Asosiy hisoblangan A guruhida 1800 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar jam bo'lgan. V guruhida esa reytingi 1999 va undan past bo'lgan ishtirokchilar dona suryapti va unda hamyurtlarimiz peshqadamlik qilishmoqda. 

Kuchlilar jam bo'lgan A guruhida hindistonlik xalqaro grossmeyster Nihal Sarin (2687) birinchi raqam ostida saralangan bo'lib, u 8-turda birinchi taxtada hamyurti Puranik Abhimanyu (2636)ga qarshi qora donalarda durang o'ynadi. Ikkinchi raqamli shaxmatchi sifatida tasniflangan yosh grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov (2670) nihoyat chempionlik uchun kurashga qo'shildi. U o'zbek derbisida Saidakbar Saydaliev (2461)ni mag'lubiyatga uchratdi.   

Grossmeysterimiz Abdumalik Abdusalimov (2525) qora donalarda mo'g'ulistonlik SHugar Gan-Erdenega yutqazib qo'ydi. Humoyun Begmuratov (2430) qora donalarda o'ynashiga qaramay, niderlandiyalik grossmeyster Sergey Tivyakov bilan durang o'ynadi. CHempionlik uchun kurashayotgan turkmanistonlik Saparmirat Atabaev (2529) qora donalarda vengriyalik Sanan Syugirov (2631)ga imkoniyatni boy berdi. 

Yana bir o'zbek derbisida Almas Rahmatullaev (2413) grossmeysterlikka davogar Muhammadzohid Suyarov (2474)ni taslim eta oldi. Hamyurtlarimizdan Davron SHaripov (2246), Muhiddin Madaminov (2550), Marat Jumaev (2352) 8-turda zafar quchishdi. Grossmeysterimiz Ortiq Nig'matov (2501) esa kutilmaganda qozog'istonlik master Imangali Axilbay (2342)ga yutqazib qo'ydi.

Sakkizinchi turdan so'ng to'rt shaxmatchi 6,5 tadan ochko jamg'arib, turnir jadvalida Top-4`likdan joy olgan. Sanan Syugirov qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamlik qilyapti. Olti nafar ishtirokchi 6 ochkodan to'plagan. Ular orasida SHamsiddin Vohidov va Almas Rahmatullaev ham bor. Hamyurtlarimiz qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra, mos ravishda 8 va 10-o'rinlarni band etishgan. 

Bugun 9-turda yuqori to'rtlikda borayotgan grossmeysterlar o'zaro o'yish o'tkazishadi. SHamsiddin Vohidov qora donalarda o'zi singari 6 ochkoga ega turkmanistonlik Saparmirat Atabaevga qarshi bahs olib boradi. Humoyun Begmuratov esa oq donalarda hindistonlik grossmeyster Leon Mendonka bilan hisob-kitob qiladi. Bugungi tur uchrashuvlari ham soat 15:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing