So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

10 may 13:18
Yangiliklar

SHaxmat

SHamsiddin Vohidov va Afruza Hamdamova Osiyo chempionati peshqadamlari safida

Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida shaxmat bo'yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 80 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda qatnashyapti. Qita chempionatining erkaklar o'rtasidagi bahslarida 33 mamlakatdan 156, ayollarda esa 23 davlatdan 101 nafar ishtirokchi medallar uchun dona surmoqda. 

Etiborlisi, bungacha Evropa qitasi musobaqalarida qatnashgan va bir muddat turnirlardan chetlatilgan Rossiya terma jamoasi shaxmatchilari ham mazkur Osiyo chempionatida medallar uchun kurash olib borishyapti. 

Osiyo chempionatining 3-turida hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lib turgan grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov (2641) qora donalarda rossiyalik grossmeyster Aleksey Grebnyov (2556) bilan durang o'ynadi. Har ikki shaxmatchining ochkolari 2,5 taga etdi. Ularning har ikkisi ham dastlabki ikki turda g'alaba qozonishgan edi. 

Osiyo chempionatida qatnashayotgan birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Yakubboev (2665) 3-turda qora donalarda harakat qilib, qozog'istonlik Aristanbek Urazaev bilan murosaga keldi. Yakubboevning ochkolari 2 taga etdi. Ikkita uchrashuvda g'alaba qozongan Muhiddin Madaminov (2520) bu safar qora donalarda eronlik grossmeyster Bardiya Daneshvar (2621)ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Uchinchi turda hamyurtlarimizdan Muhammadzohid Suyarov (2491), Humoyun Begmurotov (2461), Bahrom Bahrillaev (2407) raqiblari bilan murosaga kelishdi. Asrorjon Omonov(2387) qozog'istonlik tajribali grossmeyster Rinat Jumaboevga, Afruzbek Sobirov eronlik taniqli grossmeyster Amin Tabatayiga imkoniyatni boy berdi.

Uchinchi turdan so'ng Bardiya Daneshvar yuz foizlik natija bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib turibdi. Ayni daqiqalarda o'tkazilayotgan 4-turning birinchi doskasida SHamsiddin Vohidov aynan Bardiyaga qarshi bahs olib bormoqda. Agar hamyurtimiz ushbu uchrashuvda g'alaba qozonsa, karvonboshiga aylanib oladi.  

Ayollar o'rtasidagi musobaqada yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova uchchala turda ham g'alabaga erishib, peshqadamlar safida bormoqda. U 3-turda oq donalarda o'ynab, eronlik raqibasi Melika Mohammadidan ustun keldi. Umida Omonova rossiyalik Olimpiada chempioni Olga Giryaga imkoniyatni boy berdi. 

Bir muddat AQSH sharafini himoya qilgan Gulruhbegim Tohirjonova O'zbekiston terma jamoasi uchun qaytganidan keyingi ilk musobaqasida qatnashyapti. U 3-turda mo'g'ulistonlik Uurtsayx Uurintuyani mag'lubiyatga uchratdi. Tohirjonova dastlabki ikki uchrashuvida durang natija qayd etgandi. Nodirjonova Nodira (WIM, 2130) o'ziga xos o'zbek derbisida Zilola Aktamovani taslim etdi. 

Bu turda hamyurtlarimizdan Barchinoy SHokirjonova, Guldona Karimova, Mohim O'rozmuhammedova, Ruqiya Olimova zafar quchishdi. Nilufar Imomqo'zieva mo'g'ulistonlik raqibasi bilan durang o'ynadi. Marjona Malikova, Asal Salimova, Madinabonu Xalilova, Odina Olimova va Liliya Belaya raqibalariga yutqazib qo'yishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing