03 dek 11:10
Yangiliklar
Futbol

“SHapekoense” klubi “Kopa Sudamerikan” chempioni deb elon qilinadi
KONMEBOL tashkiloti Braziliyaning “SHapekoense” klubini “Kopa Sudamerikan” chempioni deb elon qilinishiga o'z roziligini berdi.
“SHapekoense” nufuzi jihatidan qitada ikkinchi o'rinda zikr etiluvchi ushbu turnir finaliga uchib ketayotgan bir paytda aviahalokatga uchragan edi.
Ikkinchi finalchi - “Atletiko Nasonal” KONMEBOLga murojaat qilib, “SHapekoense” jamoasini “Kopa Sudamerikana” turniri g'olibi deb elon qilinishini so'ragan edi.
Janubiy Amerika futbol konfederaciyasi bu taklifni ko'rib chiqib, unga ijobiy javob berdi. SHu tariqa, “SHapekoense” klubi “Kopa Sudamerikana-2016” g'olibiga aylandi.
Jamoa bilan birga uchmay qolgan “SHapekoense” klubi sport direktori Marselo Zolet tez kunda bosh mukofotni qabul qilib oladi.
Havola :
Fikrlar