30 noy 10:50
Yangiliklar

“SHapekoense”ning zaxira darvozaboni tug'ilgan kun sabab omon qoldi
Janubiy Amerika qitasining ikkinchi darajali kubogi finaliga yo'l olayotgan jamoa “Atletiko Nasonal” klubiga qarshi finalning ilk o'yinida maydonga tushishi kerak edi.
Tasodif sabab ushbu uchrashuvga “SHapekoense” klubining zaxira darvozaboni Marselo uchmadi. U bir kun avval tug'ilgan kuni sabab klub rahbarlaridan javob so'ragan ekan.
SHuningdek, yana 9 nafar futbolchini ham falokat chetlab o'tdi. Xose Nivaldo Martinsh Konstante, Marselo Boek, Demerson Bruno Kosta, Rafael Ramos de Lima, Alexandro Martinukkio, Odair Souza, Ribeyro Santush Moyzes, Andrey Alba va Xoran Dalmorolar “SHapekoense” klubining ilk o'yini tarkibiga kiritilishmagandi.
Noxush voqea sabab Braziliyada 3 kunlik motam elon qilindi.
Fikrlar