29 mar 11:18
Yangiliklar
Tennis

SHarapova Rim va SHtutgartdagi turnirlarda ishtirok etadi
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova Italiyaning Rim hamda Germaniyaning SHtutgart shaharlarida o'tkaziladigan turnirlarda ishtirok etishini tasdiqladi.
SHtutgartdagi turnir 23-29 aprel kunlari o'tkazilsa, Rimdagi musobaqa 14-21 may kunlari oralig'ida tashkil etiladi. O'tgan yili Masha Germaniya turniri yarim finaliga qadar etib kelgandi.
SHuningdek, Rim turnirida dunyoning sobiq birinchi raketkalari amerikalik Serena Uilyams hamda belaruslik Viktoriya Azarenkolar ham qatnashish istagini bildirishgan.
Havola :
Fikrlar