06 iyu 22:01
Yangiliklar
Taekvondo
Najmiddin Qosimxojiev va Marat Mavlonov Rim Gran-prisida bronza medallariga ega chiqishdi
Italiyaning Rim shahrida taekvondo WT bo'yicha G6 tasnifidagi nufuzli Gran-pri turnirining ikkinchi kungi bellashuvlari o'tkazildi.
Ahamiyatlisi, terma jamoamiz azolari musobaqaning bugungi kuni davomida ikkita bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
68 kg vazn toifasidagi vakilimiz, amaldagi Jahon chempioni Najmiddin Qosimxojiev hamda og'ir vaznli Marat Mavlonov (+80 kg) turnir yarim finaliga qadar etib bordi, biroq final chiptasi yo'lida rossiyalik taekvondochilarga imkoniyatni boy berib qo'yishdi.
SHunday bo'lsa-da, taekvondochilarimiz bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Rim Gran-prisining ertangi kunida bir nafar taekvondochimiz — Jahongir Xudoyberdiev dayangga ko'tariladi.


Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar