22 iyu 12:35
Yangiliklar
Tennis

SHaripova 2 soatu 2 daqiqa davom etgan bahsda chorak final masalasini hal qildi
Farg'ona shahridagi “Istiqlol” kortlarida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi tennis turniri davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning birinchi raketkasi bo'lgan hamyurtimiz Sabina SHaripova hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda g'alabaga erishdi.
SHaripova 2 soatu 2 daqiqa davom etgan ikkinchi davra uchrashuvida rossiyalik Yana Sizikovani 5:7, 6:3, 6:1 hisobida engdi. Sabina ilk davrada yana bir hamyurtimiz SHahnoza Xotamovadan 6:0, 6:1 hisobida ustun kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar