03 iyu 13:24
Yangiliklar
Tennis
SHaripova Andijondagi turnirda necha reyting ochkosiga ega bo'ldi?
Andijon shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir Sabina SHaripovaning g'alaba bilan yakunlangandi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslari hal qiluvchi final uchrashuvida turnirning birinchi raketkasi bo'lgan hamyurtimiz Sabina SHaripova sloveniyalik Kayya Yuvanni 6/4, 6/2 xisobida mag'lub etgandi.
Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok Sabina SHaripovaga 50 reyting ochkosini taqdim etdi. Vatandoshimiz kelasi dushanba kuni elon qilinadigan yangilangan WTA reytingida bir necha pog'onaga ko'tarilib oladi. Ayni paytda Sabina dunyo reytingida 169-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar