20 dek 12:15
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Anqaradagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Turkiyaning Anqara shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham ishtirok etyapti.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi asosiy to'r bahslarida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazmoqda. SHaripova turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan.
Qura natijasiga ko'ra, hamyurtimiz bugun ilk davrada turkiyalik CHengiz Berfuga qarshi kortga chiqdi. Mezbon tennischi asosiy to'rda imtiyozli yo'llanma asosida harakat qiladi.
Uch set davom etgan uchrashuvda SHaripova raqibasini 3:6, 7:6(6), 6:3 hisobida mag'lub etdi. Sabina o'tgan hafta BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tgan turnirda ishtirok etib, chorak finalga qadar etib borgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar