21 dek 10:45
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Anqaradagi turnir juftligida chorak finalga chiqdi
Turkiyaning Anqara shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham ishtirok etyapti. Yakkalikda ikkinchi davraga yo'llanma olgan tennischimiz juftliklar bellashuvida chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi juftlikda rossiyalik Ekaterina Yashina bilan tandem xosil qilgan.
Ular ilk davrada sobiq hamyurtimiz, ayni paytda Isroil mamlakati sharafini himoya qilayotgan Vlada Yakshibarova hamda rossiyalik Mariya Marfutina juftligini 6:4, 6:3 hisobida engishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar