22 dek 17:10
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Anqaradagi turnir juftligida finalga chiqdi
Turkiyaning Anqara shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham ishtirok etyapti. Yakkalikdagi ishtirokini ikkinchi davrada to'xtatgan Sabina endi bor etiborini juftliklar bellashuviga qaratgan.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi juftlikda rossiyalik Ekaterina Yashina bilan tandem xosil qilgan. Ular bugun yarim final bahsida ukrainalik Alena Fomina va gruziyalik Ekaterina Gorgodzeni 6:3, 7:6(4) hisobida mag'lub etishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar