27 iyu 07:50
Yangiliklar
Tennis
SHaripova Leksingtondagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Istedodli tennischimiz Sabina SHaripova AQSHning Leksington shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Musobaqaning mukofot jamg'armasi 50 ming dollarni tashkil qiladi. Hamyurtimiz ham yakkalik, ham juftliklar bahslarida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Sabina yakkalikning ilk davrasida Jenifer Eliega qarshi kortga chiqdi.
Amerikalik bu tennischi asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgandi. Ikki set davom etgan uchrashuvda SHaripova raqibasini 6:2, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar