20 noy 08:35
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Mumbaydagi turnirda, u bugun kortga chiqadi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Hindistonning Mumbay shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok etadi.
Hamyurtimiz “CHellenjer” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning asosiy to'r bahslarida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Qura natijasiga ko'ra Sabina ilk davrada rossiyalik Irina Xromachyovaga qarshi kortga chiqadi.
Turnirda sakkizinchi raqam ostida tasniflangan
Xromachyova dunyo reytingida 162, Sabina SHaripova esa 196-o'rinni egallab turibdi.
Ikki tennischi shu paytgacha o'zaro to'qnash kelishmagan. SHaripova - Xromachyova bahsi
Toshkent vaqti bilan soat 14:30da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar