So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

10 apr 19:10
Yangiliklar

SHaxmat

SHarjadagi shaxmat turniri g'olibi Nodirbek Yoqubboev yurtimizga qaytib keldi

Teglar :  SHaxmat
Xabar berganimizdek, BAAning SHarja shahrida o'tkazilgan shaxmat bo'yicha Ramadan Open xalqaro turnirida o'zbekistonlik Nodirbek Yoqubboev g'oliblikni qo'lga kiritdi.

O'z tarixida 27-marotaba tashkil etilgan ananaviy turnir rapid va blis yo'nalishlarida o'tkazildi. Unda dunyoning 35 davlatidan 200 nafardan ortiq mahoratli shaxmatchi g'oliblik uchun dona surishganligi musobaqaning nufuzi ancha yuqori ekanligidan darak beradi.

Blic yo'nalishidagi turnirda xalqaro grossmeyster Nodirbek Yoqubboev 9 imkoniyatdan 8 ochko jamg'arib, oltin medal va kubok bilan taqdirlandi. U 7 o'yinda g'alaba qozongan bo'lsa, ikki nafar raqibi bilan durangga erishdi. Yoqubboev hattoki arab davlatlari orasida eng kuchli shaxmatchi, «Ramadan Open» xalqaro turnirining birinchi raqamli ishtirokchisi bo'lmish BAA vakili Salim Solihdan ham ustun keldi.

Bugun tunda hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboev O'zbekiston shaxmat federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Xusan Turdaliev boshchiligida yurtimizga qaytib keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida shaxmatchilarimizni Sportni rivojlantirish vazirligi masul xodimlari, O'zbekiston shaxmat federaciyasi rahbariyati hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.

Eslatib o'tamiz, «Ramadan open» xalqaro turnirida yana bir xalqaro grossmeysterimiz Javohir Sindorov ham qatnashib, blis yo'nalishida 3-o'rinni egallagan edi.

SHuningdek, xalqaro turnirda O'zbekiston sharafini Nilufar Yoqubboeva hamda SHaxnoza Sobirovalar ham himoya qilishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing