So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

22 okt 08:02
Yangiliklar

SHaxmat

SHavkat Mirziyoev yosh shaxmatchi Javohir Sindorovga makbuk sovg'a qildi

Teglar :  SindorovSHaxmat
SHaxmat bo'yicha jahon va Osiyo chempionatlari g'olibi, xalqaro shaxmat ustasi Javohir Sindorovga Prezidentimiz sovg'asi topshirildi.

SHu munosabat bilan SHaxmat bo'yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida bo'lib o'tgan tadbirda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi R.Qurbonov va boshqalar mamlakatimizda sportni, jumladan, bolalar sportini rivojlantirish, o'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog'lom va barkamol insonlar qilib tarbiyalash, ularning iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarish, jahon maydonlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir istedodli sportchilarni tayyorlash va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga doimiy etibor qaratilayotganini alohida takidladi. 

Davlatimiz rahbarining shu yil 3 iyundagi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi, 10 avgustdagi “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O'zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag'batlantirish to'g'risida”gi qarorlari soha rivojida muhim dasturilamal bo'lmoqda. 

Bugun yurtimiz sportchilari nufuzli sport anjumanlarida – jahon va qita chempionatlari, Olimpiya va Osiyo o'yinlarida yuqori natijalarga erishib, Vatanimiz dovrug'ini butun dunyoga tarannum etmoqda. 

Buni yosh shaxmatchimiz Javohir Sindorov misolida ham ko'rish mumkin. To'rt yarim yoshidan shaxmat bilan muntazam shug'ullanib kelayotgan Javohirning erishgan yutuqlariga jahonning etakchi shaxmatchilari ham havas qiladi. U 2012 yil Hindistonda maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionatida oltin va kumush medallarga sazovor bo'ldi. 2013 yil Eronda shaxmat bo'yicha 18 yoshgacha o'g'il-qizlar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionatida kumush medalni qo'lga kiritdi. 

2014 yil Greciyada maktab o'quvchilari o'rtasida shaxmatning rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha o'tkazilgan jahon chempionatida Javohir Sindorov biryo'la ikkita oltin medalni qo'lga kiritdi. Braziliyada maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan shaxmat bo'yicha jahon chempionatida ham oltin medalga sazovor bo'ldi. 2015 yil Tailandning Pattayya shahrida shaxmat bo'yicha maktab o'quvchilari o'rtasidagi jahon chempionatida yana shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. 2016 yil Rossiyada o'tkazilgan maktab o'quvchilari o'rtasidagi jahon chempionatida kumush medal bilan taqdirlandi. 

2017 yilgi sport mavsumi ham shaxmatchimiz uchun muvaffaqiyatli bo'lmoqda. Javohir aprel oyida poytaxtimizda shaxmat bo'yicha 8-18 yoshgacha o'g'il-qizlar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionatida ikkita oltin medalni qo'lga kiritdi. 

– Javohir juda tirishqoq va mehnatkash shaxmatchi, – deydi uning murabbiyi, xalqaro grossmeyster Marat Jumaev. – U bilan deyarli har kuni besh-olti soatdan mashg'ulot o'tkazamiz. Javohirning bugungi kunda erishayotgan natijalari kelajakda yanada katta yutuqlarni qo'lga kiritishiga ishonch bag'ishlaydi. 

Yaqinda Turkiyaning Antaliya shahrida o'tgan Xalqaro shaxmat federaciyasi – FIDEning 88-Kongressida yosh shaxmatchimiz Javohir Sindorovga xalqaro shaxmat ustasi unvoni berilgani elon qilindi. 

Jahon va Osiyo chempionati g'olibi, xalqaro shaxmat ustasi Javohir Sindorov Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan eng so'nggi rusumdagi zamonaviy noutbuk (Macbook) bilan taqdirlandi. 

– Prezidentimizning biz yoshlarga ko'rsatayotgan ulkan etibor va g'amxo'rligidan minnatdormiz, – deydi Javohir Sindorov. – Xalqaro maydonda erishayotgan g'alabalarimiz mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilayotgan etibor tufaylidir. Prezidentimizning sovg'asi meni yanada yuksak marralar sari ruhlantiradi, kelajakda xalqaro grossmeyster talabini bajarishimda yaqin ko'makdoshim bo'ladi. 

Bayram Aytmurodov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing